Navbatdagi haftalik kollegial seminar boʻlib o‘tdi
17.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 12-iyul kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida navbatdagi haftalik kollegial seminar boʻlib o‘tdi.

Markaz direktori oʻrinbosari F.A.Aripjanov raisligida bo‘lib o‘tgan seminarda xo‘jalik boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalarining rahbar va mutaxassislari hamda Markaz xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-avgustdagi PQ-2569-son qarori talablariga muvofiq iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarini kelgusida joriy etish va rivojlantirish uchun ustuvor loyihalarni ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Markazning Innovatsiya va marketing tadqiqotlari departamenti tomonidan «Davlat xizmatlari sifati bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish» mavzusidagi taqdimoti namoyish etildi. Taqdimotda Davlat xizmati o‘zi nima?, Davlat xizmatlariga qo‘yilgan talablar, Davlat xizmatini olishdagi talabnomalarning tezligi, ularni sifatini baholash va hozirgi kunga kelib Internet tarmog‘idagi davlat organlari rasmiy veb-saytlarida Elektron davlat xizmatlariga qay darajada yurtimiz tayyorgarligi bo‘yicha o‘tqazilgan so‘rovnomalar tadqiqotlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi mutaxassis xodimlari tomonidan bir qator tashkilotlardagi «Elektron hukumat» tizimi mexanizmlarini joriy etishdagi kamchiliklar haqida gapirib o‘tildi.

Seminar so‘nggida taqdimot mavzusi yuzasidan seminar qatnashchilari o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi va qatnashchilar o‘z savollariga batafsil javoblar olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq