My2.gov.uz orqali ta’lim muassasalariga elektoron ariza yuborish imkoni
16.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha elektoron ariza yuborish imkonini yaratdi.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 244-son Qarori bilan belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan. Ushbu xizmat orqali bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha navbatga qo‘yish yoki yo‘llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar elektron ariza yuborishlari mumkin.

Mazkur xizmatning ma’lumotlar bazasi Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limlarida mavjud ma’lumot bilan integratsiyalashgan holda faoliyat olib boradi.

Bu qanday ishlaydi?

1-qadam. Arizachi haqida ma’lumot to’ldiriladi.

2-qadam. Bola haqida ma’lumot to’ldiriladi.

3-qadam. Muassasa to’g’risida ma’lumot to’ldiriladi.

— Viloyat tanlanadi;

— Tuman tanlanadi;

— Muassasa raqami tanlanadi (muassasada mavjud guruhlar va auditoriya haqida ma’lumot taqdim etiladi);

— Murojaatning maqsadi ko’rsatiladi.

4-qadam. Imtiyoz huquqi mavjud ekanligi to’g’risida ma’lumot (mavjud bo’lsa) ko’rsatiladi.

*Yashirin tarzda murojaat qilish paytida, Davlat Xizmatlari Markazining xodimi taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq to’ldiradi. YIDXP orqali murojaat qilayotganda, tegishli hujjatlarning asl nusxalari muassasaga kirish ro’yxatidan o’tkazilgandan so’ng muassasaga taqdim etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq