«Hududlar. Toshkent viloyati» pochta markalarining chiqarilishi haqida
16.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Hududlar. Toshkent viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 9 iyuldan “Hududlar. Toshkent viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida “Zangiota” majmuasi va Urung‘och ko‘li (Nefrit rangdagi ko‘l) tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42×30 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1307. “Zangiota” majmuasi (Zangiota tumani) Nominali — 2700 so‘m.

1308. Urung‘och ko‘li (Bo‘stonliq tumani) Nominali — 2800 so‘m.

Dizayner — Yusupaliyev U.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq