Toshkent shahar hokimi maslahatchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
13.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 12-iyulida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida hokimiyat ishida zamonaviy AKTni joriy qilish boʻyicha Toshkent shahar hokimi maslahatchisi sifatida jalb qilingan Kim Yu Shik bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida janob Kim Yu Shik “Seul shahrining «aqlli yechimlari», uni normativ-huquqiy tartibga solinishi, eng yaxshi amaliyotlari, va amalga oshirish usullari” mavzusida taqdimot oʻtkazdi.

Taqdimotda Markaz hodimlari aqlli shahar va havfsiz shahar yechimlari, shuningdek IoT-texnologiyalari bilan tanishishdi. Shu bilan birga, hokim maslahatchisi kelgusida Toshkent shahrida joriy qilish rejalashtirilayotgan loyihalar haqida soʻzlab berdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar mavzuga doir savollariga batafsil javoblar olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq