So‘rov: Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish
13.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda blokcheyn texnologiyasini joriy qilish orqali fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi fond bozori va birja faoliyatiga AKT ni joriy qilish bo‘yicha so‘rovnomani e’lon qiladi.

Sizdan fikr-mulohaza, takliflarni quyidagi manzil orqali taqdim etib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chorlab qolamiz:

Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish bo’yicha so’rov
Shu bilan birga, Vazirlik barcha xohlovchilarni fond bozori va birja faoliyatini axborot texnologiyalari, xususan blokcheyn texnologiyasi yordamida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Yo‘l xaritasini shakllantirishga hamkorlikka chaqiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq