«Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash» xizmat turiga arizalarni elektron shaklda qabul qilish yo‘lga qo‘yildi
13.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5409-sonli Farmoni ijrosi hamda tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida, Davergeodezkadastr qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.ygk.uz) va O‘zbekiston Respublikasi Litsenziyalash portali (www.license.uz) orqali «Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash» xizmat turiga elektron arizalar yuborish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Litsenziyalash portalida ariza qoldirish uchun yuridik IDgov.uz dan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi veb-saytida barcha topshiriladigan hujjatlarning elektron shaklini yuklab olish imkoniyati bo‘lib, to‘ldirilgan hujjatlarni veb-saytning interaktiv xizmatlar bo‘limida onlayn tarzda jo‘natishi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq