Yagona portal orqali beriladigan litsenziyalar soni bittaga ko‘paydi
12.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani berish xizmati ishga tushirildi.

Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 408-son qarori asosida ishga tushirilgan.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatiladi.

Xizmat bilan batafsil ushbu manzilda tanishib oling.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq