UzCard kartasiga tezkor pul o‘tkazish imkoniyati: «QIWI o‘tkazmalari» va «CONTACT pul o‘tkazmalari» amal qilishni boshladi
12.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Endilikda Siz,»QIWI o‘tkazmalari» va «CONTACT pul o‘tkazmalari» xizmatlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin.

Ushbu xushxabar Uzcard kartasining barcha egalari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlariga ta’luqlidir. Demak, yaratilgan yangilik borasida nimalarni bilishimiz kerak:

-pul o‘tkazmalari faqat bir tomonlama amal qilmoqda, ya’ni O‘zbekiston hududiga pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi;

-pul mablag‘i to‘g‘ridan-tug‘ri Uzsard kartalariga tushiriladi;

-loyiha hamkori Universalbank;

-chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni bor;

-2 foizlik komissiya to‘lovlari faqat jo‘natuvchidan yechib olinadi;

-tijorat kursi hisob yurituvchi bank tomonidan belgilanadi.

Yaqin kunlarda kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan 2QIWI o‘tkazmalari» va «CONTACT pul o‘tkazmalari» xizmatining qo‘shimcha funksiyalari ham joriy qilinadi. Hozircha, yaratilgan yangi imkoniyatlar yordamida istalgan vaqtda mamlakatimizdan tashqarida turib, oila a’zolaringiz va yaqinlaringizga bemalol yordam berishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq