Statistik ma’lumotlar UzCard: 2018-yilning 2-chorak natijalari
12.07.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lumotlariga binoan, 2018-yilning 2-chorak natijalariga ko‘ra, O‘zekiston hududida amalga oshirilgan e-commerce tranzaksiyalar soni joriy yilning 1-chorak ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon qildi.

Natijada, joriy yilning 2-choragida e-commerce tranzaksiyalar soni 71,4 mln.ni tashkil etib, 2018-yilning o‘tgan 1-choragidagi 70,8 mln.lik holatga nisbatan 0,9 foizlik o‘sishni qayd etdi.

2-chorakda elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 872,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning 1-chorakida qayd etilgan 663,5 mlrd. so‘mga nisbatan 31,5 foizga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni bo‘yicha esa, 2-chorakda 813 831ta plastik kartasini tashkil etib, joriy yilning 1-chorakida qayd etilgan 855 588 taga nisbatan 4,9 foizlik pasayish bilan belgilandi.

Umumiy ko‘rsatkichlarni hisobga olganda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni bo‘yicha «Xalq banki» 180 374 talik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda «Agrobank» 129 667 ta hamda «O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki» 79 776 talik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq