«Uzmobile» rivojlanish istiqbollari
12.07.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

4-iyul kuni “O’zbektelekom” AK bosh direktori Farxod Roziyev boshchiligida mintaqaviy rahbarlar ishtirokida UZMOBILE mobil aloqa tarmog’ini qurish va rivojlantirish istiqbollari mavzusida majlis bo’lib o’tdi.Yig’ilishda Respublikaning barcha viloyatlarida tarmoqni ekspluatatsiya qilish, CDMA va GSM standartidagi baza stansiyalari o’rnatish bilan bog’liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “O’zbektelekom” AKning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi, bu esa o’z o’rnida bozorning alohida segmentlarida o’z faoliyatini kengaytirish va istiqbolli yo’nalishlarni va loyihalarni moliyalashtirishni optimallashtirish imkonini beradi.

Mobil aloqa “O’zbektelekom” AKning istiqbolli yo’nalishi bo’lib, bu yerda ovozli xizmatlardan tashqari mobil Internet xizmatlariga ham talab bor, bu esa o’z o’rnida daromadning asosiy qismini tashkil qiladi

“Uzmobile” mobil tarmog’ini ekspluatatsiya qilish markazi direktori tuzilmadagi o’zgarishlarga asosan Filial Markazga o’zgarganligi haqida gapirib o’tdi. Asosiy masalalardan biri bo’lib abonentlarga xizmatlarni sifatli taqdim etish maqsadida mobil tarmoqni kengaytirish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha ishlarni amalga oshirish hisoblanadi.

Mintaqaviy rahbarlar ham sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ularning yechimi bo’yicha taklif va tashabbuslar bilan o’rtoqlashdilar.

Muhokamalar yakunida mintaqalarda mavjud resurslardan foydalanish va ishlarni optimallashtirish masalalari muhokama qilindi va kelgusida Markazning ustuvor yo’nalishlari va vazifalari belgilab olindi. Shuningdek, ular mobil aloqa qamrovini kengaytirish va xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida xizmatni sifatli nazorat qilishni, tarmoq ekspluatatsiyasini o’z kuchlari bilan amalga oshirish to’g’risida gapirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq