O‘zbektelekom Qozoqtelekom bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirmoqda
12.07.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
9-iyul kuni “Qozoqtelekom“ AJ boshqaruvi raisi Quvanishbek Esekeev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida “Qozoqtelekom” AJ vakillari Farxod Roziyev rahbarligidagi “O‘zbektelekom“ AK rahbariyati bilan uchrashdilar.
Tomonlar infokommunikatsiya bozoridagi ikkita asosiy o‘yinchini umumiy muvofiqlashtirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha rejalari bilan almashdilar.
“O‘zbektelekom“ AK Markaziy Osiyo, Evropa va Xitoy davlatlari o‘rtasida xalqaro tranzitni rivojlantirish uchun “Qozoqtelekom“ AKni strategik hamkor sifatida ko‘rmoqda.
Uchrashuv doirasida tomonlar SmartCity loyihalarini amalga oshirish, IOT (Internet narsalar) bazasi asosida mahsulotlarni birgalikda rivojlantirish kabi yangi biznes sohalarda hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar.