NCG Engineering kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi
12.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kecha, 11-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining NCG Engineering kompaniyasi rahbari, Eurabit MChJ QK ta’sischisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsion hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, NCG Engineering kompaniyasi O‘zbekistonda reyestr taqsimoti, ya’ni blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tomonlar tez orada vazirlik mutaxassislari, o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan ekspertlar uchun tez orada muhokama qilingan mavzulardagi taqdimotlarni tashkil qilishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq