Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini my2.gov.uz orqali taqdim etish imkoni
09.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

YIDXP my2.gov.uzTashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish” xizmatini taqdim etadi.

Tashqi savdo kontraktlari bo’yicha ma’lumotlar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan kontraktga tegishli ma’lumotlar asosida “E-Kontrakt” maxsus bepul dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirilgan va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan Elektron Raqamli Imzo bilan tasdiqlangan faylni, Yagona portal orqali yuklash yo’li bilan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga taqdim etiladi. Dasturiy ta’minot foydalanuvchilari uchun yo’riqnomani quyidagi havolalar (“E-Kontrakt” havolasi) bo’yicha yuklab olish mumkin.

Tashqi savdo kontraklari bo’yicha ma’lumotlarni ERI bilan tasdiqlangan elektron ko’rinishda “E-Kontrakt” 1.1.5-versiya yoki “E-KONTRAKT 2.3.1” maxsus bepul dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirish uchun, foydalanuvchilar kompyuterlariga Java Runtime Environment dasturiy platformasining 7 yoki yangiroq versiyasini o’rnatishlari zarur.

Ushbu xizmatning natijasida, kontraktlar bo’yicha ma’lumotlar avtomatik ravishda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq