UZTELECOM bilan hamkorlikning yangi formati
06.07.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Ochiq muloqot, ehtimol, istalgan natijaga erishishning eng ishonchli yo‘lidir. Ayniqsa, gap hamkorlar bilan aloqalarni yaxshilash va buning natijasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini ko‘tarish haqida borayotgan bo‘lsa.

“O‘zbektelekom” AK B2O segmenti strategiyasini muhokama qilish uchun Kompaniyaning top-menedjerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari yig‘ildilar. “Hamkorlikning yangi formati” mavzusidagi norasmiy uchrashuv 5 iyul kuni GroundZero kovorking markazida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan asosiy savollardan — bu hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, Internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish masalalari bo‘ldi.

“O‘zbektelekom” AK bosh direktori Farhod Roziyev Kompaniya tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va alohida B2O rahbariyatini tuzish haqida gapirdi, shu o‘rinda B2O segmenti hamkorlar bilan aloqa masalalarini qisqa muddatlarda hal qiluvchi o‘z mutaxassislariga ega bo‘ladi.

2018-yil oxirigacha Internet-kanal narxlarini pasaytirish va mavjud sig‘imlarni operativ oshirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, “minimum“ dasturidagi vazifalarga kanallarni ijaraga berish tariflarini pasaytirish bo‘yicha narxnomalarni qayta ko‘rib chiqish kiritilgan.

Operatorlar va provayderlar uchun keng polosali ulanishni rivojlantirish bo‘yicha franchayzing sheriklik modeli taklif etiladi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, tariflar qayta ko‘rib chiqiladi va “O‘zbektelekom” AK infratuzilmasi ijarasi bo‘yicha yagona hujjat ishlab chiqiladi. Keng polosali internet-portlarni ijaraga berish siyosati ham to‘liq qayta ko‘riladi.

Provayderlar va telekommunikatsiya operatorlari “O‘zbektelekom“ AK bilan samarali hamkorlikning yangilangan formatiga yo‘naltirilganligi quvonarli holdir, chunki bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu haqda ko‘p marotaba gapirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq