My2.gov.uz orqali bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish
06.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

YIDXP Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish imkonini beruvchi xizmatni taqdim etadi.

Xizmat o’zida bojxona postida rasmiylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyalarini (BYuD) yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar (BQT) kiritish shakllarini Yagona portal orqali ERI bilan tasdiqlagan holda elektron taqdim etish imkoniyatini mujassamlashtirgan.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?

Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassisning malaka attestatiga ega yuridik shaxslar.

Xizmat foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda taqdim etilgan.

Bu qanday ishlaydi?

1. “Eslatma” bilan tanishganlik haqida ma’lumot.

2. Arizachining ma’lumotlarini to’ldirish.

3. Formani to’ldirish va zaruriy hujjatni yuklash.

*Izoh: Hujjatlar bojxona rejimi va tovar turiga v.b. muvofiq taqdim etiladi. Bojxona rasmiylashtirishi uchun zarur bo’lgan hujjatlarning umumiy ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 iyuldagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi 376-son qarorining 2-ilovasida ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlar hamda ularni taqdim etuvchi vakolatli organlarning ro’yxati keltirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq