Jamoatchilik kengashi: elektron tijorat diqqat-markazida
06.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Vazirlik qoshida tuzilgan Jamoatchilik kengashining ikkinchi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Elektron tijorat sub’ektlarining Milliy reyestrini tashkil etish to‘g‘risida»gi hamda «Raqamli mahsulotlar uchun bitimlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi bo‘yicha Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihalari muhokama qilindi.

Jamoatchilik kengashi a’zolari elektron tijorat sub’ektlarini aniqlash mexanizmini diqqat bilan ko‘rib chiqdilar, shuningdek raqamli mahsulotlar uchun bitimlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi yuzasidan takliflarini bildirdilar.

Har ikkala qaror loyihalari ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari loyihasini muhokama qilish portalida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan. Ularga quyidagi manzil bo‘yicha o‘ting.

https://regulation.gov.uz/ru/documents/2682

https://regulation.gov.uz/ru/documents/2672.

Sizda mazkur hujjatlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha takliflar bo‘lsa, muhokamada ishtirok eting.

Yaqinda Jamoatchilik kengashining Facebook tarmog‘idagi sahifasi o‘z ishini boshladi. Mazkur sahifa orqali barcha xohlovchilar Kengash faoliyatini kuzatish hamda rejalashtirilgan muhokamalarda qatnashish imkoniga egalar.

Eslatib o’tamiz, 2018 йилнинг 4 майида Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi тузилган эди. Jamoatchilik kengashining bosh maqsadlari Vazirlik oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilash va amalga oshirishda shaffoflik hamda samaradorlikni ta’minlash, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish orqali Vazirlik faoliyatiga nisbatan jamoatchilikning ishonchini oshirishdan iborat.

Shu bilan birga, Jamoatchilik kengashi Vazirlik hamda boshqa davlat organlari tashabbusi bilan shakllantirilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning muhokamalarida ishtirok etishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan takliflar ishlab chiqishi, sohani rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida yangi texnologiyalarni tatbiq qilish bo‘yicha xorijlik ekspert hamda IT-kompaniyalarni jalb qilish chorlarini ko‘radi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq