Tizimli nazorat olib borilmoqda
05.07.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida “O‘zbektelekom” AKning liniya-kabel xo‘jaligini texnik holatini yaxshilash va me’yoriy talab darajasiga keltirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriq berilgan.

Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspektsiyasi va “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bilan hamkorlikda shahar va tuman telekommunikatsiya tarmoqlarida liniya-kabel xo‘jaligining texnik holatini yaxshilash va me’yoriy talab darajasiga keltirish bo‘yicha joriy yil iyun-avgust oylariga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ijrosi inspektsiya tomonidan nazoratga olindi.

Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining iyun oyida bajarilishi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar olinib, joriy yil 30 iyun kuni filial rahbarlari va ma’sul hodimlari, shahar va tuman telekommunikatsiya tarmoqlari rahbarlari (selektor orqali) va Inspektsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspektsiyasi mas’ul xodimlari ishtirokida “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida selektor majlisi o‘tkazilib, tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, chora-tadbirlar rejasidagi belgilangan topshiriqlarni o‘z muddatlarda, sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilanib rahbar hodimlarning shaxsan javobgar ekanligi belgilab o‘tildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq