Ixtisoslashtirilgan IT-maktabga qabul jarayonlari boshlandi
05.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o’quv yili uchun 5-sinf o’quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov matematika, ingliz tili fanlaridan yozma shaklda davlat (o’zbek) tilida o’tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1. Maktab direktori nomiga ariza;

2. Tug’ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

4. Yashash joyidan ma’lumotnoma (viloyatdan kelgan o’quvchilar Toshkent shahrida yashovchi qarindoshlari tomonidan vasiylikka olinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart);

5. 3×4 hajmda 6 ta fotosurat (oq fon, maktab formasida);

6. O’quvchining o’zlashtirish tabeli nusxasi (1-4-sinf);

7. Ota va ona pasport nusxalari;

8. Hujjatlar jamlanmasi uchun papka (fayl papkasi).

Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida 2018 yil 2-20 iyul kunlari soat 9:00dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Manzil: Mirzo Ulug’bek tumani,Tepamasjid ko’chasi, 4-uy.

Telefon raqami: 262-15-29 (qabulxona), 262-15-38 (o’quv bo’limi)

Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bevosita videokuzatuvlar o’rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari tomonidan o’tkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq