«Axborot xavfsizligi 2018»
05.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Axborot xavfsizligi 2018» mavzusidagi amaliy seminar 2018-yil 13-iyul kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining «Samarqand» konferens-zalida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir tashkilotchilari: NIHOL kompaniyasi hamda uning hamkorlari – dunyoga mashhur vendor IBM World Trade Corporation va MUK kompaniyalar guruhining AT-distribyutori.

Ахborot tizimlarining xavfsizligi masalalari bugungi kunda O‘zbekistonning istalgan idorasi faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega. Axborot xavfsizligini (AX) ta’minlovchi tuzilmalar ishlashini to‘g‘ri rejalashtirish va ularni qurish, nafaqat bugungi kunda, balki kelajakda ham, barcha idora/korxona/tashkilotlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining garovidir.

«Axborot xavfsizligi 2018» amaliy seminari ishtirokchilarga axborot xavfsizligi haqidagi ma’lumotlarni yanada dolzarblashtirishga va agar zarurat tug‘ilsa, mavjud zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda, axborot xavfsizligini ta’minlashda har qanday muammolarga yechim topa oladigan eng yaxshi yechimlarni va mahsulotlarni amaliy qo‘llashga, o‘z idora /korxona/tashkilotlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z rejalari va dasturlarini to‘g‘rilashga yordam beradi.

Ta’kidlash joizki, NIHOL kompaniyasi O‘zbekistonda axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan bir qator konferensiyalar va seminarlar o‘tkazib kelmoqda. «Axborot xavfsizligi 2018» amaliy seminari esa ushbu sikl hisobida uchinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu mahalliy AT-kompaniyasining mutaxassislari o‘zlarining hamkorlarini va buyurtmachilarini AX rivojlanish tendensiyalari, yangi tahdidlarning paydo bo‘lishi, innovatsiyalar hamda axborot xavfsizligi masalalarini hal etish uchun mavjud imkoniyatlar haqida xabardor qilishni muhim deb hisoblaydilar.

Tadbir ishtirokchilari – O‘zbekiston davlat tuzilmalari, moliya va biznes sohasi vakillari, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun innovatsion yechimlar, zamonaviy tahdidlar, trendlar, tendensiyalar va axborot xavfsizligidagi muammolarni (kamchiliklar, bo‘shliqlar, zaifliklar) bartaraf etish yo‘llari bilan tanishish, AX bo‘yicha taklif qilinayotgan innovatsion yechimlarni amalda maxsus demo-zonada sinovdan o‘tkazish hamda axborot xavfsizligi sohasida xalqaro va mahalliy ekspertlardan individual konsultatsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Axborot xavfsizligi mavzusi hozirgi kunda yanada dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Masalan, IDC (International Data Corporation – axborot texnologiyalar va telekommunikatsiyalari jahon bozorini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Xalqaro tadqiqotlar va konsalting kompaniyasi) kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin ikki yil ichida dunyodagi mamlakatlarning yarmidan ko‘pi o‘z kiberxavfsizlik doktrinasiga ega bo‘ladi, qolaversa, dunyoning ko‘plab yirik kompaniyalari bugunning o‘zida, o‘zlarining xavfsizlik tizimi arxitekturasini sezilarli darajada qaytadan qurishmoqda va bunda zamonaviy trendlarni hisobga olgan holda, yanada dolzarb ko‘rinishga keltirishmoqda.

Seminarga taklif etilgan ekspertlar fikriga ko‘ra, eng e’tiborli va qiziqarli trendlardan biri, butun e’tiborning tartibga soluvchi xavfsizlikdan, xavf mavjudligiga asoslangan xavfsizlikka va tashqi tahdidlardan himoyalanishga o‘zgarganidir. Dunyodagi so‘ngi 1-1,5 yil ichida axborot xavfsizligi sohasida yuz bergan voqealar, korxonalarning tashqi hujumlar oldida qanchalik zaif ekanligini, ushbu hujumlar korxona va tashkilotlarning biznes jarayonlariga va umumiy olganda, axborot tizimlari va xizmatlaridan foydalanishga to‘sqinlik qilishiga qanchalik kattiq ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Mamlakatimizda, axborot xavfsizligi umumiy korporativ biznes-strategiyasining ajralmas va muhim qismi ekanligini anglab yetish jarayoni yanada sezilarli namayon bo‘lmoqda. Axborot xavfsizligida audit o‘tkazish va axborot xavfsizligi masalalarini hisobga olgan holda, korxonani rivojlantirish individual dasturini yaratishning muhimligini tushunuvchi mahalliy buyurtmachilarning soni kundan-kunga oshib bormoqda. Axborot xavfsizligi masalalarini hal etish hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

NIHOL kompaniyasi innovatsion bo‘limi mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, «axborot xavfsizligi» tushunchasining o‘zi, bugungi kunda, AT-rahbarlari va umuman biznes uchun yanada tushunarli va qulay ko‘rinishga kelmoqda, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun yanada ko‘proq moliyaviy investitsiya/xarajatlar zarurligini anglab yetishmoqda. Jahon bozorida kuzatilayotgan yana bir muhim yo‘nalishlardan biri – korxona/idora/tashkilotlarning yuqori martabali rahbarlarini axborot xavfsizligi masalalariga jalb qilishdan iborat. Shu bilan birga, o‘z biznesining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishida axborot xavfsizligining qanchalik muhim ekanligini va ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligini anglab yetuvchi kompaniyalar soni oshib bormoqda va oxirgi davrda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun ketadigan sarf-xarajatlar budjeti miqdori ham yildan-yilga oshib bormoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, iqtisodiyotni raqamlashtirishning faol jarayonlari ham AX bozorini rivojlantirishning bir qator asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Bozorda, foydalanuvchining xatti-harakatlarini tahlili qilish, uning harakatlarida belgilangan normalardan chiqish kabi holatlar hisobiga, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nosozliklar haqida oldindan ogohlantiruvchi texnologiyalarni yaratishga bo‘lgan qiziqish kuzatilmoqda. Korporativ ma’lumotlar yuboriladigan kanallarning soni oshib borishi va buning oqibatida, ularni nazorat qilish yanada murakkablashishi, qolaversa, «inson omillari» axborot xavfsizligiga bo‘lgan asosiy tahdidlardan biri bo‘lishi mumkin.

Tahdidlarning yana bir manbai – bu zararkunanda xizmatlar sanoati bo‘lib, ular o‘z faoliyat ko‘lamini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda.

Hozircha, afsuski, ichki bozorda import o‘rnini bosuvchi AX mahsulotlari haqida gapirishga erta. Shuning uchun hozirgi kunda o‘zbek biznesi dunyoning yetakchi vendorlari innovatsiyalarini afzal ko‘rmoqda.

Afsuski, bugungi kunda axborot xavfsizligi uchun yuz foizlik natijani ta’minlaydigan profilaktik muhofaza qilish tizimi mavjud emas. Shuning uchun hujumlarni aniqlash va ularga to‘g‘ri baho berish masalasi AX muammolarini hal qilishda birinchi o‘ringa chiqadi. Shu bilan birga, bizning bir qator ekspertlarimiz nafaqat axborot xavfsizligi yechimlariga, balki uning xizmatlariga bo‘lgan qiziqishning oshganligini ham qayd etmoqdalar.

Seminarda mahalliy buyurtmachilarning joriy trendlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, quyidagi mavzular ko‘rib chiqiladi:

— O‘zbekistonda axborot xavfsizligi. Uni amalga oshirishning zamonaviy vositalari;

— Xavfsizlikni ta’minlash va ma’lumotlar bazasi xavfsizligida tejamkorlikni oshirish;

— IBM Identity Governance and Intelligence – foydalanuvchilar va ularning foydalanish huquqlarini qulay, markazlashgan va shaffof boshqaruvi vositalari;

— IBM Qradar: infratuzilmani himoya qilish uchun analitik va aqlli texnologiyalar;

— Zaiflikni topdingizmi? Keyin nima qilish kerak? Ish stansiyalari va serverlari xavfsizligini ta’minlash va boshqarish.

Tadbir doirasida:

— Jahon vendorlarining qiziqarli taqdimotlari bo‘lib o‘tadi;

— Turli biznes sohalaridagi haqiqiy holatning tahlili o‘tkaziladi;

— Demo-hududda tadbirda namoyish etilgan jahon vendorlarining innovatsion mahsulotlarini onlayn sinovdan o‘tkazish imkoni bo‘ladi (Qradar, Guardium, foydalanuvchilarni boshqarish);

— Mahalliy va xalqaro ekspertlarning shaxsiy maslahatlari tadbir qatnashchilari uchun taqdim etiladi;

— Zamonaviy kiber tahdidlarga qarshi samarali himoya qilish bo‘yicha eng yaxshi tajriba va bilimlar almashinuvi bo‘ladi.

Amaliy seminar ishtirokchilari axborot xavfsizligi masalalarini hal qiluvchi dasturiy ta’minotning namoyish maydonida taqdim etilgan namunalarini onlayn ravishda sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Seminar «Savollar-javoblar» sessiyasi bilan yakunlanadi va natijalar sarhisob qilinadi.

Kutilayotgan natija

Ushbu tadbir tashkilot/idora/korxona rahbarlari, AT-bo‘limi va AT-departamenti rahbarlari, yetakchi AT-mutaxassislari, AX bo‘yicha boshliqlar, texnik direktorlar, shu jumladan, axborot xavfsizligi sohasidagi texnik muhandislar va mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

Bo‘lib o‘tgan amaliy seminar ishtirokchilarga, AX bo‘yicha ma’lumotlarni yangilashga, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda, axborot xavfsizligini ta’minlashda istalgan muammo yechimini topa oladigan mahsulotlar va yechimlarni zarurat tug‘ilganda ish faoliyati davomida qo‘llashga, o‘z tashkilot/idora/korxonasida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dastur va rejalarini to‘g‘rilab olishga yordam beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq