Tayyorlov kursi tinglovchilarining 41 nafari IUT ga imtihon topshirmasdan talaba bo‘lishga muyassar bo‘ldilar
03.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Uzluksiz ta’lim markazi Tayyorlov kursi tinglovchilarining 41 nafari 2018-yilning 19-iyun kuni o‘tkazilgan yakuniy imtihonlarning natijalariga ko‘ra Toshkent shahridagi Inha universitetiga qabul qilindilar.

IUT ning Uzluksiz ta’lim markazi matematika, fizika va ingliz tili kabi fanlardan o‘quv kurslarini taklif etadi.

Markaz tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb qiladi hamda o‘quv jarayonini qattiq nazorat qiladi. Har uch oylik muddatda tinglovchilar oraliq nazorat topshiradilar va faqat muvaffaqiyatli tinglovchilargina o‘qishni davom ettiradilar.

2017-2018 o‘quv yili boshida 460 nafarga yaqin yoshlar bir yillik va ikki yillik tayyorlov kurslariga ro‘yxatdan o‘tdilar va ularning faqatgina 147 nafarigina yakuniy imtihonlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

2018-yilning 19-iyun kuni Koreya Respublikasidagi Inha universitetining mutaxassislari tomonidan matematika va fizika bo‘yicha yakuniy imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihon savollari Janubiy Koreyada tayyorlandi va imtihondan bir kun avval O‘zbekistonga olib kelindi. Imtihonda har bir fanga bir soatdan vaqt ajratildi.

2018-yilning 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazida Tayyorlov kursi tinglovchilari orasida 2018-yilning 19-iyun kuni o‘tkazilgan yakuniy imtihonlarning natijalarini e’lon qilindi.
Imtihon natijalariga ko‘ra, tinglovchilarning 34 nafari “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetiga va 7 nafari “Logistika” fakultetiga o‘qishga kirdi.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan tinglovchilar Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imkoniyatini saqlab qoladilar. Buning uchun ular 2018-yilning 19-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarida ishtirok etishlari zarur.

Qayd etamiz, avvalgi yillarda ko‘pgina Tayyorlov kursi tinglovchilari kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi bo‘lishga erishganlar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar 9-iyulga qadar barcha zarur hujjatlarni topshirishlari zarur.

Ta’kidlab o‘tamiz, 2017-yili Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi Tayyorlov kursi tinglovchilarining 94 foizi talaba bo‘ldilar. Jumladan, 73 foiz tinglovchilar IUT ga kirish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Markaz xodimlari bu yil mazkur ko‘rsatkich yana ham yuqoriroq bo‘lishiga umid qilmoqdalar.

Solishtirish uchun 2016-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi Tayyorlov kursi tinglovchilarining 82 foizi talaba bo‘lishgandi, ularning 61 foizi IUT ga qabul qilingan.

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi o‘z bilimlarini yaxshilashni istaganlar uchun tayyorlov kurslarini taklif etadi.

Umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylar o‘quvchilari Toshkent shahridagi Inha universiteti va yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlanish va bilimini oshirish maqsadida matematika, fizika va ingliz tilidan saboq olish imkoniga egadirlar.

Kurslarga quyidagi sahifa orqali yozilish mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/1u1zNqOaec1GAk0yPwoVRKO_3zTtjPKfrQLpZ7WtLpCk/edit

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq