TATU “Eng faol yosh dasturchi” tanlovi g‘olibi
03.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Respublika doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid korxonalaro‘rtasida tashkil etilgan “Eng faol yosh dasturchi” tanlovida mutloq g‘oliblikni universitetning “Dasturiy ta’minot” kafedrasi dotsenti Ortiq Ro‘ziboyev egalladi.

Uning Respublika onkologiya va radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda yaratilgan “Ma’lumotlar intellektual tahlili usullari asosida ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratonini tashxislash algoritmlari va dasturiy ta’minoti” ishlanmasi bu yilgi tanlovning eng dolzarb muammolarni hal etuvchi loyiha deb tan olindi.

Tanlovda TATU Qarshi filiali mustaqil tadqiqotchisi Firuza Achilova ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, universitetning Nukus filiali assistent-o‘qituvchisi Azizbek Qodirovga uchinchi o‘rin nasib etdi. G‘oliblarga diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Qolgan ishtirokchilar ham diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Biz ham o‘z navbatida g‘oliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlari omadlar tilab qolamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq