Abituriyentlar IELTS yoki TOEFL sertifikatini 31-iyul soat 17:00 ga qadar topshirishlari mumkin
03.07.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universitetining qabul komissiyasi IELTS yoki TOEFL sertifikatini topshirish muddatini 31-iyul kuni soat 17:00 ga qadar uzaytirishga qaror qildi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti abituriyentlardan IELTS yoki TOEFL sertifikatini topshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘p sonli iltimoslarni oldi.

Ularni ko‘rib chiqqan holda, Toshkent shahridagi Inha universitetining qabul komissiyasi abituriyentlarning iltimosini inobatga oldi hamda IELTS yoki TOEFL sertifikatini topshirish muddatini 31-iyul kuni soat 17:00 ga qadar uzaytirishga qaror qildi.

Abituriyentlar mazkur yo‘riqnomani diqqat bilan tanishib chiqishlarini so‘raymiz:

— Barcha abituriyentlar: https://inha.uz/en/howtoapply sahifasiga tashrif buyurib, onlayn shaklni to‘ldirishlari va barcha zarur hujjatlarni 2018-yilning 9-iyul kuni soat 17:00 ga qadar topshirishlari lozim bo‘ladi.

IELTS yoki TOEFL sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar:

1. Ular onlayn shaklni to‘ldirishlari va barcha zarur hujjatlarni 2018-yilning 9-iyul kuni soat 17:00 ga qadar topshirishlari;

2. Ular IELTS yoki TOEFL sertifikatini topshirishga ro‘yxatdan o‘tishgani to‘g‘risidagi tasdiqni 2018-yilning 9-iyul kuni soat 17:00 dan kechikmagan holda taqdim etishlari;

3. Ular qabul qilinishga nomzod sanalishlari uchun IELTS yoki TOEFL sertifikatining nusxasini 2018-yil 31-iyul kuni soat 17:00 ga qadar topshirishlari lozim.

*2018-yilning 31-iyul kuni soat 17:00 dan keyin taqdim etilgan IELTS i TOEFL sertifikatlari qabul qilinmaydi hamda bu abituriyentlarning ariza va imtihon natijalari bekor qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq