O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan 6 oylik hisobot tinglandi
02.07.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-dekabrdagi PQ-2088-son qarori asosida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona»si loyihasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2018-2019 yillarda amalga oshirish mo‘ljallangan.

Uning doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Raqamlashtirish va skanerlash markaz va Multimedia markazi tashkil etilmoqda. «Milliy umumta’lim elektron kutubxona»si loyihasi doirasida bugungi kunda zaruriy texnik jihozlarni joylashtirish uchun birlamchi LG CNS kompaniyasi tomonidan ishlar yakuniga yetkazilmoqda.

Mazkur loyiha yuzasidan 2018-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha LG CNS kompaniyasi mutaxassislari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan 6 oylik hisobot tinglandi.

Yig‘ilish yakunida loyihaning kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida soha mutaxassislari bilan savolnomalar o‘tkazildi va takliflar kiritildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq