«Inha Tashkent Summer School» birinchi mavsumi yopildi
02.07.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 30-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Inha Tashkent Summer School» birinchi mavsumning yopilish va ishtirokchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Inha Tashkent Summer School» 2018-yilning may oyida ishga tushirildi. Lager IUT ning yangi innovatsion loyihasi bo‘lib, bolajonlarning yozgi ta’til davridagi vaqtini maroqli va unumli o‘tkazishga mo‘ljallangan.

«Inha Tashkent Summer School»ning birinchi mavsumida 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 240 nafar bolajonlar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar bir necha guruhga bo‘lindilar. Guruhlarda bolajonlar yoshiga qarab mantiqiy matematika, ingliz tili, qiziqarli fizika, dasturlash, ona tilisi ingliz tili bo‘lgan o‘qituvchi bo‘lgan klub, robotexnika va fikrlash dizaynlari kabi mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

Kichik guruhdagi bolajonlar turli devayslarning tuzilishi bilan tanishgan bo‘lsalar, katta guruhdagi bolalar «Arduino» tizimidan foydalangan holda robotlarni yaratishni o‘rgandilar.

Arduino – avtomatika va robototexnikaning oddiy tizimlarini yaratish uchun apparat-dasturiy moslamadir.

Buyuk Britaniyalik mutaxassis Grem Medd «Ingliz tilidan so‘zlashuv» klubini olib bordi. Klubdagi dars davomida bolalar turli mavzularni muhokama qilgan holda ingliz tilida so‘zlashuvni kuchaytirishdi.

O‘quv mashg‘ulotining o‘ziga xos jihatlaridan biri dasturlash darslaridir. Mashg‘ulotlar davomida bolalar dasturlashdan saboq oldilar.

Darslardan bo‘sh vaqtlarida bolalar quvnoq o‘yinlarda ishtirok etishdi, har hafta bo‘ladigan o‘z chiqishlarini tayyorlashdi.

Ta’kidlash joizki, mashg‘ulotlar davomida o‘zini ijobiy ko‘rsatgan bolalar, turli o‘yin moslamalari bilan jihozlangan o‘yinlar bilan to‘la xonalarda o‘yin o‘ynashlariga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Inha Tashkent Summer School»ning navbatdagi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Joylar soni cheklangan! Avgust oyi uchun siz quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://goo.gl/forms/kYERJ9rEeguv91sz2.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq