«EPAM Systems» Prezidenti Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi
30.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«EPAM Systems» Prezidenti va boshqaruv raisi Arkadiy Dobkin Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

«EPAM Systems» – 1993-yilda tashkil etilgan AQShning AT-kompaniyasi, dunyodagi yirik buyurtmali dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi, konsalting bo‘yicha mutaxassis, Belarus Yuqori Texnologiyalar Parki rezidenti bo‘lib hisoblanadi.

«EPAM Systems» rahbari O‘zbekistonga AT-tarmog‘ining salohiyati bilan tanishish uchun keldi.

Arkadiy Dobkin IUT’ga Yuqori Texnologiyalar Parki (Belarus) asoschisi Valeriy Sepkalo bilan birga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi prorektori Cho Vu Sug mehmonlarni kutib oldi va universitetning axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha faoliyati haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, mehmonlar universitet talabalari va o‘qituvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot oldilar.

Arkadiy Dobkin Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan ta’sis etilgan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi faoliyati bilan tanishdi.

Ta’kidlandiki, «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Qayd etildiki, O‘zbekiston rahbariyati AT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Innovatsiya markazining rezidentlari uchun misli ko‘rilmagan imtiyoz va afzalliklar berdi.

Uchrashuv davomida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq