Xalq ta’limi vazirligi pedagoglarning asosiy himoyachisiga aylanadi!
28.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi.

Unda jurnalistlarga maktablarda faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning ijtimoiy nufuzini oshirish, jamiyatda pedagogik faoliyatning obro‘sini yuksaltirish, pedagoglarni yoshlarga namuna va o‘rnak darajasiga ko‘tarish maqsadida kelgusida sohada olib boriladigan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Xalq ta’limi vaziri jamiyatda o‘qituvchi kasbiga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish, bilim olishga bo‘lgan rag‘batni kuchaytirish, qolaversa, tizimda ta’lim sifatini ta’minlashda salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etishda ommaviy axborot vositalarini hamkorlik qilishni taklif qildi.

Qolaversa, tadbir davomida jurnalistlar uchun jamiyatimizda o‘qituvchi kasbining mavqeini oshirish, ustozlik kasbiga nisbatan ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan “Eng ulug‘ va sharafli kasb” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi.

Tadbir yakunida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq