Karta egalarining mas’uliyati
28.06.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha karta egalarini yanada hushyor va ma’suliyatli bo‘lishga chaqiradi.

Shu kunlarda Telegram messendjeri orqali noqonuniy pul yig‘imlar tashkillashtirilgan guruh a’zolarining navbatdagi harakatlari Markazimiz kuzatilib, bartaraf qilinmoqda. Aniqrog‘i, messendjerda futbol bo‘yicha Jahon Chempionati 2018 o‘yini uchun pul taklif qilish bo‘yicha guruh tashkillashtirilib, uning ishtirokchilari o‘yindan oldin, “kartadan kartaga pul o‘tkazish” xizmati orqali mablag‘ ko‘chirilishiga chaqirilgan. YaUPM mutaxassislari tomonidan noqonuniy harakatlarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rilguncha, ushbu e’longa ishongan karta egalari ma’lum pul miqdorida pul o‘tkazishga ulgurishgani qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish” nomli 278-moddasiga muvofiq noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkillashtirish hamda ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan qonunbuzarlarga nisbatan yetti yilgacha qamoq jazosi belgilanadi.

Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha karta egalaridan qonunchilikda belgilangan me’yorlarga xilof faoliyat olib borayotgan harakatlarda qatnashmaslikka chaqiradi. Noqonuniy o‘yinlarda ishtirok etish yuzasidan barcha mas’uliyat unda ishtirok etgan karta egasining zimmasiga yuklatiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq