Davlat mulki ob’ektlarini sotish bo’yicha elektron savdolar o’tkazish tartibi to’g’risida qaror tasdiqlandi
25.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi №454-sonli “Davlat mulki ob’ektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga beish bo’yicha elektron savdolar o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan “Davlat mulki ob’ektlarini sotish va ijaraga berish bo’yicha elektron savdolar o’tkazish tartibi to’g’risida nizom” tasdiqlandi.

Ushbu Nizom elektron shaklda o’tkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini, davlat ko’chmas mulk ob’ektlarini sotish tartibini hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizomni amal qilishi quyidagi xolatlarda yuzaga keladigan munosabatlarga:

a) davlat mulki ob’ektlarini:

— sudning qarori asosida sotishda;

— erkin iqtisodiy zonalar, texnoparkahlar va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashgan davlat mulki ob’ektlarini sotishni;

— davlat mulkini chet el investorlariga sotishda Tender savdolarini o’tkazish bo’yicha davlat qomissiyasining qarori asosida, agar uning qarorida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida sotishda, agarda ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lmasa;

b) quyidagilarni:

— davlat mulki ob’ektlarini “nol’” stavka bo’yicha ijaraga berishda;

— erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mol-mulkini ijaraga berishda;

— ko’char mulkni ijaraga berishda;

v) davlat korxonalarini va ustav fondida davlat ulushi ustuvor bo’lgan boshqa yuridik shaxslarni transformatsiya qilish dasturida ishtirok etuvchi davlat kompaniyalarining mulki yuzasidan.

Nizomda shuningdek, savdolarni tashkil etish tartibi, davlat mulki ob’ektlarini auksion orqali sotish, davlat mulki ob’ektlarni “nol’” xarid qiymatida sotish va boshqalar bo’yicha tartiblar keltirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq