“Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan xatar, tahdidlar va ularning oldini olish masalalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
25.06.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2018-yil 21-iyun kuni Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashida “Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan xatar, tahdidlar va ularning oldini olish masalalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjumanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyi tashkilot mutaxassislari va mahalla kengashi viloyat boshqarmalarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligiga mas’ul xodimlari o‘zlarining qiziqarli mavzulari bilan qatnashdilar. Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi xodimi F.Husenov “Axborot xavfsizligida inson omili tufayli kelib chiqadigan hodisalarning oldini olish” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.