Yozgi ta’til “INHA Tashkent Summer School” bilan yanada mazmunli va qiziqarli
24.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Agar farzandingiz 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lsa va Siz uning yozgi ta’tilini maroqli o‘tkazishni va shu bilan birga, bilim olishini istaysizmi?

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) “Inha Tashkent Summer School” ta’lim lagerini taklif qiladi. Lager IUT ning yangi innovatsion loyihasi bo‘lib, bolajonlarning yozgi ta’til davridagi vaqtini maroqli va unumli o‘tkazishga mo‘ljallangan.

“Inha Tashkent Summer School” 2018-yilning may oyida ishga tushirildi. Hozirda dastlabki ikki haftalik mavsum o‘z nihoyasiga yetdi, ikkinchi mavsumning qatnashchilari esa endi-endi bir-birlari bilan tanishib, ta’lim lagerining muhitiga moslashmoqdalar.

Lagerda o‘g‘il-qizlar o‘z vaqtlarini nafaqat qiziqarli, balki foydali o‘tkazadiar. Bolajonlar yoshlariga mos ravishda mantiqiy matematika, ingliz tili, qiziqarli fizika, dasturlash, ona tilisi ingliz tili bo‘lgan ustoz bilan so‘zlashuv qobiliyatini kuchaytirish klubi, robototexnika, fikrlash dizayni bilan shug‘ullanadilar.

Xususan, birinchi mavsum davomida kichik guruhdagi bolajonlar turli devayslarning tuzilishi bilan tanishgan bo‘lsalar, katta guruhdagi bolalar “Arduino” tizimidan foydalangan holda robotlarni yaratishni o‘rgandilar. Arduino – avtomatika va robototexnikaning oddiy tizimlarini yaratish uchun apparat-dasturiy moslamadir.

Lager qatnashchilari so‘zlashuvchan ingliz tili klubida ham maroq bilan ishtirok etmoqdalar. Mazkur klubni Buyuk Britaniyalik mutaxassis Grem Medd olib bormoqda. Klubdagi dars davomida bolalar turli mavzularni muhokama qilgan holda, ingliz tilida so‘zlashuvni kuchaytiradilar.

Ta’lim lagerining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolajonlar dasturlash bo‘yicha darslarda ishtirok etib, unda dasturlashning asoslarini o‘rganadilar.

Tashkilotchilar ko‘ngilocharliklar to‘g‘risida ham unutmadilar. Darslardan bo‘sh vaqtlarida bolalar quvnoq o‘yinlarda ishtirok etadilar, har hafta bo‘ladigan o‘z chiqishlarini tayyorlaydilar. Ta’kidlash joizki, mashg‘ulotlar davomida o‘zini ijobiy ko‘rsatgan bolalar, turli o‘yin moslamalari bilan jiholangan o‘yinlar bilan to‘la xonalarda o‘yin o‘ynashlariga ruxsat beriladi.

Bu haqda lager qatnashchisining buvisi – Xalida Sultanovna shunday dedi: “Har kuni darslardan keyin nevaralarimni ko‘taringki kayfiyatda kutib olaman. Nevaralarimga o‘qituvchilarning saboq berishi, ayniqsa, dasturlash va robototexnika bo‘yicha dars o‘tish uslubi juda ham yoqadi. Ta’lim muassasasi ma’muriyati, nafaqat bilim berish, balki vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun ham barcha sharoitni yaratib bermoqda”.

Lager qatnashchisi Diyorbek (14 yosh) shunday dedi: “Menga “INHA Tashkent Summer School” lageri juda ham yoqdi. Bu yerda darslar quvnoq va qiziqarli o‘tadi. Lekin menga ko‘proq turli sahna ko‘rinishlarini, chiqishlarni tayyorlash, videoni tasvirga tushirish yoqadi. Men sahnalashtirishga juda qiziqaman va kelajakda rejissyor bo‘lmoqchiman”.

“Inha Tashkent Summer School”da eng yaxshi yetakchilar va ma’muriyat vakillari bor. Ular menga katta aka va opadek bo‘lib qoldilar. Lager bir umr davom yetmasligi achinarlidir”, — dedi 11 yoshli Nastya.

Eslatib o‘tamiz, hozirda “Inha Tashkent Summer School”ning navbatdagi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Joylar soni cheklangan! Iyul oyi uchun siz quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://goo.gl/forms/P6SybuUwePlJqFCJ2, avgust oyi uchun: https://goo.gl/forms/kYERJ9rEeguv91sz2.

Lager faoliyati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin:

1. Facebook: https://www.facebook.com/INHATashkentSummerSchool/

2. Instagram: https://www.instagram.com/inhatashkentsummerschool

3. Telegram: @inhatashkentsummerschool

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq