TATU o’qituvchilari Xitoyda AKTga oid seminarda ishtirok etmoqda
22.06.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

TATUning ikki nafar professor-o’qituvchilari: B.Ibrohimov hamda Sh.Muhammadjonovlar Xitoy xalq respublikasi (XXR) ning Shenjen shahrida bo’lib o’tayotgan “Osiyo va Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish — 2018” (2018 — Seminar on ICT Application in Higher Education for Asian and European Countries) mavzuidagi seminarda ishtirok etmoqda.

Seminar davomida ochiq onlayn kurslar (MOOC) platformasini yaratish, o‘quv kurslarini shakllantirish, ulardan foydalanishni mukammal o‘rganish bilan birga Shenjen shahridagi Huawei, USI technology, Pekindagi Xuetang X kompaniyalariga, Vuxan shahridagi Huajong ilm-fan va texnologiyalar universiteti (Huazhong university of Science and Technology) ga tashriflar rejalashtirilgan.

Seminar joriy yilning 19 iyundan 9 iyul kuniga qadar davom etadi, unda 20 davlatdan 70 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq