My2.gov.uz yordamida STIRni olish imkoni yaratildi
22.06.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

YIDXP foydalanuvchilarga jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yish va hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkonini taqdim etuvchi xizmatni ishga tushirdi.

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-son “Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarori bilan belgilangan topshiriqlarni bajarish maqsadida YIDXP Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda “Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yish va hisob ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish” jarayonini my2.gov.uz portali yordamida amalga oshirish imkonini yaratdi.

Ma’lumot uchun! Xizmatni ko‘rsatish muddati sifatida 3 ish kuni belgilangan.

Muhim! Mazkur xizmatdan foydalanish uchun pasport nusxasini (yashash joyi ma’lumotlari bilan) portalga joylashtirish talab etiladi.

Bu qanday ishlaydi?

Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish unga soliq to‘lovchi identifikatsion raqam berish (STIR) yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish uchun:

1. Tegishli maydondagi band tanlanadi (hisobga qo‘yish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish);

2. Elektron ariza shakli to‘ldiriladi;

3. Skanerlangan posport nusxasi yuklanadi;

4. Doimiy yashash manzili bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasiga elektron ariza yuboriladi;

5. 3 ish kuni davomida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi bo‘yicha guvohnomani arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan olinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq