AKTni joriy etish bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda
22.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xitoy Xalq Respublikasining Shenjen shahrida o‘tkazilayotgan «Osiyo va Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish-2018» nomli xalqaro seminarda Xalq ta’limi vazirligining bir guruh mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Ushbu nufuzli seminar joriy yilning 19-iyundan 9-iyul kuniga qadar o‘tkazilib, unda dunyoning 20 ta davlatidan 70 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.

Seminarda xitoylik professorlar tomonidan MOOC (Massive open online course) kurslarini tashkil etish, tinglovchilarga qulay va sifatli bilim berish borasida taqdimotlar o‘tkazilib, muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

Dastur davomida ochiq onlayn kurslar (MOOC) platformasini yaratish, o‘quv kurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish borasidagi tajribalarni o‘rganish maqsadida Shenjen shahridagi Huawei, USI technology, Pekindagi XuetangX kompaniyalari hamda Uxan shahridagi Huajong ilm-fan va texnologiyalar universitetiga tashriflar rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq