O‘zbekiston va Janubiy Koreya yosh mutaxassislari savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
21.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 20-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston-Koreya yoshlar savdosi forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasidagi Inha universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Forum ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun tashkil etilgan.

Forumni ochar ekan, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti professori Jo-Yong Li, ushbu tadbir ikki universitetning talabalari o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishiga ko‘mak berishini qayd etdi. U O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini ta’kidladi.

Professor Li O‘zbekistonda, ochiqlik siyosati olib borayotganini va bu xorijiy mamlakatlar bilan biznesni yo‘lga qo‘yish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. “Umid qilamanki, sizlar — ikki universitetning talabalari ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirasizlar”, — qo‘shimcha qildi u.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev Janubiy Koreya delegatsiyasi a’zolarini qutladi. U bugungi kunda universitetlar yangi “Xalqaro savdo va hamkorlik” fakultetini ochish borasida ish olib borilayotganini eslatib o‘tdi. Yangi fakultet 2019-yilda ishga tushiriladi.

Uchrashuv davomida IUT rektori O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish va O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar sohasidagi yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Janubiy Koreya O‘zbekistonning turli sohalarda muhim hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Janubiy Koreya O‘zbekistonga 7 milliard dollardan ziyod mablag‘ miqdorida sarmoya kiritgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Janubiy Koreyaning asosiy savdo sherigidir, chunki tonggi shamol mamlakatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdosining yarmidan ko‘pi mamlakatimiz hisobiga to‘g‘ri keladi.

Forum davomida yosh mutaxassislar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, savdo biznesini yuritish bo‘yicha xalqaro amaliyot va boshqa masalalarni muhokama qildilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq