Sensorwake Trio budilnigi(uyg ‘otkich soat) hidli, nur taratuvchi va ovozli bo‘ladi
20.06.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yaqinda KickStarter saytida g‘ayritabiiy budilnikning ishlab chiqilishi uchun mablag‘ yig‘ila boshlandi. Sensorwake Trio qurilmasi hidi, yengil nuri va tovushi bilan foydalanuvchini uyg‘otadi. Yangilikka bo‘lgan qiziqish juda katta – qurilmani ishlab chiqarish uchun 30 ming dollar yig‘ilishi zarur edi, ushbu maqsadga faqatgina uch soat ichida erishildi. Yangilikni tayyorlash davrida bu raqam 120 ming dollardan oshib ketdi.

Budilnik foydalanuvchini uyg‘otishi uchun maxsus hidlarni taratadi. Ishlab chiqaruvchilar kartridjlarning quruqligi va ishlashi uchun qulay ekanligini ta’kidladilar. U 30 kun (kuniga bir marta uyg‘otish uchun) yetarli bo‘ladi. Bunda qahva, dengiz qirg‘og‘i, yalpiz, pishiriqlar, yangi o‘simliklar va boshqa lazzatli hidli iforlardan tanlash mumkin. Hid taratuvchi faollashuvidan bir daqiqadan so‘ng nurli chiroqlar yonadi va yana bir daqiqadan so‘ng – «musiqaviy ohang» (beshta ohang turi tanlovi taklif qilinadi) taraladi.

Sensorwake triosining o‘lchamlari taxminan 10 x 10 x 12,5 sm. Qurilma adapter bilan elekt tarmog‘ida ishlaydi. Elektr toki uzilib qolganida zaxira batareya ishni ta’minlaydi. Ikki kartridjli bitta qurilma uchun jamg‘arma qatnashchilaridan 79 dollar to‘lash talab etiladi. Oltita kartridjli qurilma 15 dollar turadi, bu taxminiy chakana narxdan ikki baravar arzon. Boshqa arzon turlari ham mavjud. Yetkazib berish joriy yilning noyabr oyida boshlanishi kerak.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq