IUT talabalari Andijonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdilar
20.06.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari Andijon viloyatida “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgust kunidagi Farmoniga muvofiq, mamlakatda “Xavfsiz shahar” loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Andijondagi mazkur loyihaning amalga oshirilishida Toshkent shahridagi Inha universitetining bir guruh talabalari ishtirok etdilar.

IUT talabalari tomonidan tashkil topgan “Fizmasoft” jamoasi ABL-Soft&SS hamda Smart-Base kompaniyalari bilan birgalikda yo‘l-harakati qoidalarining buzilishi va avtomobillarning raqamini aniqlash imkonini beradigan video fiksatsiya tizimini yaratdilar.

Loyiha doirasida Andijon shahrining yettita chorrahasida kameralar o‘rnatildi. Hozirda tizim to‘rtta yo‘l harakati qoidalarining buzilishini aniqlay oladi.

Mazkur loyihada A’zamjon Rahimjonov, Sherzodbek Tojimahammatov, Elbek Xoshimjonov, Normurod Mamasoliyev, Dostonbek Oripjonov, Muhammadsher Shermamatov, Jasurbek Abdirozikov, Muslim Xoljurayev va IUT ning boshqa talabalari ishtirok etishdi.

IUT talabalari Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘istonda amalga oshiriladigan loyihaning keyingi bosqichlarida ham ishtirok etadilar deb umid qilamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq