Samsungda 320 ming ishchi-xodim faoliyat yuritadi
19.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Samsung Electronics kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab ishchi-xodimlari soni 320 mingdan ortiqni tashkil etgani xabar qilindi. Kompaniyaning jahonning 73 mamlakatida vakolatxonalari mavjud.

2016-yilda kompaniya ishchi-xodimlari soni 308745 kishini tashkil etgandi, o‘tgan yili esa xodimlar soni 3,9 foizga o‘sdi va 320,671 nafar xodimni tashkil etdi. 2017-yil oxiridan e’tiboran Samsung ofislari dunyoning 73 mamlakatida joylashganligi ma’lum qilingan. 2016-yilga nisbatan Samsung kompaniyasi faoliyat yuritayotgan mamlakatlar soni ancha qisqardi. Samsung kompaniyasida turli davlatlarda xizmat qiladigan ayollar soni jami 45 foizni (o‘tgan yilga nisbatan + 1%) tashkil etadi, shuningdek, o‘tgan yili tadqiqot va rivojlantirish uchun 15,3 milliard dollar sarflaganini xabar qilindi, bu esa bundan bir yil oldinga nisbatan 13,8 foizni tashkil etadi.

Manba: www.theinvestor.co.kr

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq