Toshkent shahridagi Inha universitetida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi
18.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari uchun «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazadi.
Bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati «Ochiq eshiklar kuni»ni 27-iyun va 4-iyul kunlari o‘tkazadi.
«Ochiq eshiklar kuni» soat 16:30 dan boshlanadi. Tashrif buyuruvchilar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 16:00 dan 16:30 ga qadar to‘planadilar.
«Ochiq eshiklar kuni» davomida tashrif buyuruvchilar universitet hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar hamda ota-onalarning barcha savollariga batafsil javob beradilar.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq