Farzandlaringiz tarmoqda NIMANI izlaydilar
18.06.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Hech kimga sir emaski, yosh avlod ko‘p vaqtini Internetda sarflaydi. Zamonaviy bolalar va o‘smirlarni smartfon va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntsiz tasavvur qilish qiyin. Biroq ota-onalari bolalar jahon tarmoqlarida ko‘proq nimalarni qidirayotganliklarini hech qachon taxmin ham qilolmasalar kerak!

Kaspersky Safe Kids yechimi ota-onalarga nafaqat farzandlarining virtual hayotini kuzatish, balki albatta, anonim holda, statistikani, jumladan, qidiruv so‘rovnomalari statistikasini ham to‘plash imkonini beradi. Xo‘sh, zamonaviy o‘smir-yoshlarimiz tarmoqlardan nimalarni izlaydilar?

Eng ko‘p izlanadigani — video

Ma’lum bo‘lishicha, Internetdagi ko‘pchilik bolalar video-kontentlar(barcha so‘rovlarning 17,25 foizi)ga qiziqish bildirmoqdalar. Ular, birinchi navbatda, kontentning maxsus soha videolarini emas, balki YouTube yoki Twitch-da kompyuter o‘yinlari, multfilm, videobloglarni qidiradilar. Bundan tashqari, zamonaviy bolalar o‘zlari o‘yin o‘ynashdan ko‘ra ko‘proq boshqalarning qanday o‘yin o‘ynashlarini tomosha qilishni yoqtiradilar. Biroq bunda animatsiya seriyasi hali ham mashhur. Yapon va xitoy tilidagi so‘rovlar orasida ular katta o‘rinni egallaydi. Rus tilida berilgan so‘rovlar orasida bolalar Gravity fallsni afzal ko‘radilar, ayniqsa, kiril yozuvida aynan shuni eng ko‘p izlaydilar.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy tillari – repetitor-o‘qituvchilar uchun alohida haq to‘lamay, farzandlariga qo‘shimcha saboq olish imkoniyatini yaratish uchun so‘rov beradigan ota-onalari kabi bolalarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Biroq ko‘pinha bolalar bilim olish uchun emas, balki turli matnni darhol tarjima qilishni talab etish uchun so‘rov yuboradilar. Shu sababli video-so‘rov mavzularidan so‘ng Google Translate (Google Tarjimon) kabi xizmatlar (barcha so‘rovlarning 13,59 foizini tashkil etib) eng yuqori o‘rinni egallamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar ham yuqori o‘rinni egallaydi

Yana bir sevimli mavzu – onlayn muloqot va foto almashishdir. Uning statistikadagi ulushi barcha so‘rovlarning 9,88 foizini tashkil etadi. Bolalar ijtimoiy tarmoqlarni faol ravishda rivojlantirmoqda va doimiy ravishda, «VKontakte», Facebook, Instagram va Tumblr kabi eng ommabop saytlardan foydalanmoqdalar. Aniqrog‘i, Google-pochtaga talab yuqoridir. Biroq videofilmlardagi reklamalarga qaramay, onlayn-tanishuv xizmatlari bolalarda juda kam qiziqish uyg‘otadi.

Kattalar kontenti???

Albatta, ota-onalarning bosh og‘rig‘i – bolalarning kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishi va «Kattalar kontenti» – ham mavjud. Reytingda mazmuniga ko‘ra uchbu ikki kontentga talab faqatgina to‘rtinchi (9,09%) va beshinchi (8,59%) o‘rinni egallaydi va borgan sari pastki o‘rinlarga tushib ketmoqda. Masalan, 2017-2018 yillarda axloqsizlikni targ‘ib etuvchi saytlarga aloqador ma’lumotlarga dunyodagi bolalarning faqatgina 0,74 foizi (taqqoslash uchun, 2016-2017 yillarda bu ko‘rsatkich 1,16%, bir yil oldin esa 1,49 foizni tashkil etgandi. To‘g‘ri, har ikkala o‘yin ham bir xil ijtimoiy tarmoqlarda joylashgan bo‘lishi mumkin, ammo ishonch bilan ayta olamizki, bu yosh avlodni qiziqtiradigan narsa emas.

Uylanishmas, avval o‘qishni xohlaymiz!

Nihoyat, ota-onalar uchun ajoyib yangilik. Eng mashhur qidiruv so‘rovlari ro‘yxatida oltinchi o‘rinni (4,86%) ta’lim egalladi. To‘g‘ri, rus o‘quvchilari, asosan, tayyor topshiriqlar, sinov va imtihonlar uchun yechimlar mavjudligi bilan qiziqadilar, lekin bu yoshlar uchun ham foydali va yaxshi amaldir. Bundan tashqari, dangasalar uchun tayyor javobli shpargalkalar o‘rnini «elektron taqvim» egallab ulgurgan – keyingi vaqtlarda u foydalanuvchilar tomonidan juda tez-tez tekshirilmoqda. Agar butun dunyo bo‘ylab bolalar tomonidan ingliz tilida amalga oshirilgan so‘rovlar bu ro‘yxatga qo‘shilsa, maktab o‘quvchilarini bepul o‘yin-kulgidan tashqari, matematika, koinotga oid o‘yinlar, lug‘atlar va umuman olganda, fan qiziqtiradi. Xitoydagi bolalar so‘rovlari orqali ularni milliy qadriyatlarga eng qiziquvchi shaxslar deb atash mumkin: Xitoylik bolalar Vatan tarixi, madaniyati va san’ati haqida ko‘proq ma’lumot izlaydilar.

Manba: www.kasrepsky.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq