TATUda «TUIT Mobile» laboratoriyasi ochildi
16.06.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

14-iyun kuni Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Beeline»dan «TUIT Mobile» yangi maxsus texnologik laboratoriya ochilishiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi, unda talabalar mobil aloqa operatorlari uskunalari bilan ishlashni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, TATU rahbariyati hamda Beeline vakillari ishtirok etdilar.

Universitetda maxsus o‘rnatiladigan tayanch stansiyalar yordamida 3G va 4G tarmoqlari diapazonida talabalar TATUning asosiy binosi hududida, real vaqt tizimida mobil aloqa faoliyatini mustaqil ravishda ta’minlay oladilar.

Tantanali ochilish marosimida «Beeline»ning Toshkent hududiy filiali mutaxassislari TATU talabalari bilan birgalikda sinovli aloqaga ulashni amalga oshirdilar va tayanch stansiyalarini ishga tushirdilar.

«Universitet uchun – bu nafaqat korporativ laboratoriyani tashkil qilinishi, balki kelajak mutaxassislar uchun «ochiq maydon» bilan bir xil sharoit yaratib beradigan misli ko‘rilmagan holatdir. Universitetning nazariy asoslari ilg‘or ishlab chiqarish amaliyotidan orqada degan fikr bor, biroq «TUIT Mobile» talabalarga bugungi kunda eng yetakchi mobil aloqa operatorlari ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan ishlash imkonini beradi. Ya’ni ertaga mobil aloqa kompaniyasida ishlash uchun kelgan TATU bitiruvchilari qo‘shimcha malaka oshirish kurslarisiz o‘zlariga tanish bo‘lgan dasturiy komplekslar bilan ishlay oladilar. Biz uzoq vaqt mobaynida «Beeline» bilan hamkorlik qilamiz, mana o‘tgan yili biz yangi talabalar turar joylarini sovg‘a sifatida oldik, «Uchinchi avlod» dasturida ham faol hamkorlikdamiz. Albatta, biz uchun bu nafaqat yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash uchun yangi resurslar olish imkoniyati, balki iqtisodiyotning istiqbolli sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan innovatsion, zamonaviy universitetga aylanish yo‘lidagi vektordir», – deydi Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev.

TATU rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya telekommunikatsiya sohasidagi barcha mutaxassislik bo‘yicha talabalar uchun amaliy mashg‘ulotga aylanadi va mutaxassislar bilan mashg‘ulotlar laboratoriya ishi shaklida o‘tkaziladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq