TATUda «Ochiq eshiklar kuni»
15.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
14-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kollej va litseylarning bitiruvchi o‘quvchilari uchun «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi.
Shu kuni universitet rektori boshchiligidagi mutasaddilar o‘quvchilarga universitetda 2018-2019-o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuliga tayyorgarlik, yangi ochilgan mutaxassislik va yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Universitetda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, faoliyat yuritayotgan markaz va laboratoriyalar bilan tanishtirildi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq