Tarmoq nazorat ostida: ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilgan jinoyat izi topildi
15.06.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq va messendjerlar orqali plastik kartalar orqali amalga oshirilgan jinoyatlar borasida Sizlarni ogoh qilgan edik. Bir qator jabrlanganlar tomonidan kelib tushgan arizalarni qabul qilganimizdan so‘ng, ushbu kiberjinoyatlarni fosh qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi va jinoyatchilar qo‘lga olindi.

Batafsil ma’lumot

Internet tarmoqlarida shubhali manbalar orqali ma’lumot olish, norasmiy ilovalarni yuklab olish, e’lon va elektron manzillarga javob berish mumkin emas, degan “yozilmagan qoida” bekorga amal qilmaydi. Jumladan, shubhali va ishonchsiz manbalarga murojaat qilish natijasida nafaqat ma’lumotlaringiz tarqalib ketadi, balki o‘z pul mablag‘ingizni yo‘qolishiga sabab bo‘lishi hech gap emas. Bir necha oy oldin sodir etilgan hodisa yuqorida qayd etilgan qoidalarning asosli ekanligidan dalolat beradi.

Sirdaryo viloyatida yashovchi, O‘zbekiston fuqarosi virusli mobil ilovani yaratib, uni Play Marketga joylashtirgan. Uni yuklab olgan foydalanuvchilar bir ozdan so‘ng 10 000 so‘m pul miqdorini to‘lashmasa, telefon raqamlari bloklanishi to‘g‘risida xabar olishar edi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, foydalanuvchiga shubhali telefon raqamidan sms-xabar yetkazilar edi. Ushbu ketma-ketlikning o‘zi telefon va Telegram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib berilishiga yetarlicha edi. Shu yo‘l orqali jinoyatchilar Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Click-bot orqali kartadagi pullarni ishlatgan. Biroq jinoyatchilarning ushbu xatti-harakatlari tezkor ravishda aniqlanib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Click-bot orqali amalga oshirilgan o‘g‘irlik sodir etilgan bir qator kibero‘g‘riliklarning biridir. Biz rasmiy saytimiz va rasmiy sihifalarimiz orqali tashkillashiriladigan hayriya aksiyalari ham jinoyatchilar uchun qulay imkoniyatligini, shu sababli, uning tashkilotchilari zimmasida katta ma’suliyat turishini ta’kidlab o‘tganmiz. Shu o‘rinda, Oson mobil ilovasi bilan bog‘liq hodisaga ham misol tariqasida e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardan birida bemor bolaning davolanishiga qaratilgan hayriya aksiyasi tashkillashtirilgan edi. E’londa davolanish uchun pul o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan plastik kartaning rekvizitlari keltirilgan edi. Jinoyatchi e’londa ko‘rsatilgan plastik kartaga tegishli ma’lumotni Oson mobil ilovasiga kiritib, karta egasi bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanadi va pul o‘tkazilganligiga tegishli tasdiqlovchi kodni ovoza qilishini so‘raydi. Mahfiy kodga egalik qilgan qallob, e’londa keltirilgan plastik kartani osonlikcha mobil ilovaga bog‘lab turib, undagi mablag‘larni boshqargan. O‘tkazilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchilar aniqlanib, qo‘lga olindi.

Yana bir bor rasmiy ravishda bildirib o‘tamiz, markazimizda plastik kartalar bilan bog‘liq kiberjinoyatarni qisqa vaqt ichida aniqlash imkoni mavjud. Bank yoki huquq-tartibot organlarilaridan bu kabi jinoyatlarni fosh qilishga tegishli so‘rovnoma kelib tushganida, bizning markazimiz tomonidan plastik kartaga tegishli jinoyat yuzasidan kerakli hujjatlar taqdim qilinadi. Aniqrog‘i, Yagona umumrespublika protsessing markazi xodimlari avtomatlashtirilgan dastur yordamida jinoyatchini tezkor ravishda aniqlash imkoniga ega.

Fursatdan foylanib karta egalarini ehtiyotkorlik choralari bilan takroran tanishtirib o‘tmoqchimiz:

— kartangizni xavfsiz joyda saqlang;

— PIN-kodingizni uchinchi shaxslarga ishonmang va jamoat joylarda ovoza qilmang;

— plastik kartangiz bog‘langan mobil ilovaga tegishli parolni hech kimga aytmang;

— ijtimoiy tarmoqlar orqali plastik kartangizning sur’atlarini yubormang;

— foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun telefon raqamga keladigan tekshiruvchi parollarni uchinchi shaxslarga aytmang;

— plastik kartaning o‘zida PIN-kodingizni eslatma tariqasida yozib qoldirmang.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq