Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Axborot texnologiyalari markazi” mutaxassislari tomonidan INTERAKTIV MINBAR (SMART PODIUM) yaratildi
11.06.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698 sonli qarori belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga yangi innovatsiyalarni joriy etish va Professor-o‘qituvchilarni zamonaviy axborot va multimedia texnologiyalaridan foydalanish hamda darslarni sifatli tashkil etish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Axborot texnologiyalari markazi” mutaxassislari tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan va takomillashtirilgan INTERAKTIV MINBAR (SMART PODIUM) yaratildi va hozirgi kunda o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.

Ushbu minbar quyidagi imkoniyatlarga ega:

— professor-o‘qituvchilar vaqtini tejash;

— darslarni sifatli tashkil etish;

— aqlli doska rejimidan foydalanish;

— auditoriya davomatini qisqa vaqt ichida nazorat etish;

-auditoriya texnik va muhandislik jihozlarini boshqarish (auditoriya pardalarini yorug‘likka moslash, proyektor va ekranlarni ishga tushirish, elektr chiroqlarini yoqish va o‘chirish);

— o‘qituvchi o‘quv-uslubiy majmualarini va virtual animatsion ko‘rgazmalarni kompleks sifatli namoyish qiladi va o‘quv mashg‘ulotini to‘liq interaktiv ko‘rinishda tashkil etish;

— auditoriyalarida barcha tinglovchilarga multimediali tizim ko‘rinishda mashg‘ulotni tashkil etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq