Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish niyatida
09.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligida Changan Automobile Group kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘ldi hamda hamkorlik qilish va O‘zbekiston hududida elektr tortish quvvati bilan ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama etildi.

Changan kompaniyasi vakillari Farg‘ona vodiysida joylashishi mumkin bo‘lgan elektromobillar yig‘ish sexini qurish niyatlari borligini ma’lum qildilar. O‘z navbatida, Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov mazkur loyihani amalga oshirilishini jadallashtirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga, O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari va davlat organlari bilan muloqotga amaliy yordam berib, qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Tomonlar tez kunlarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga kelishib olishdi.

Loyiha muvaffaqiyatli ishga tushgan taqdirda,birinchi bosqichda 15-20 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish, 100–150 ta ish o‘rinlari tashkil qilish, bir yilda mingta yirik uzelli elektromobillar (Shevrole Spark va Neksiyaga o‘xshash) yig‘ish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda esa respublikadagi mavjud korxonalarning quvvatini jalb etgan holda ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qo‘shimcha ish o‘rinlari soni oshishiga erishiladi.

Ta’kidlash joizki, Changan Automobile Group Co Ltdeng ko‘p avtomobil ishlab chiqaruvchi Xitoy avtomobil kompaniyalarining “katta to‘rtligi”ga kiradi. Avtokompaniyaning Ford Motor, Suzuki Motor, Mazda Motor va PSA Peugeot Citroen kabi yirik konsernlar bilan qo‘shma korxonalari mavjud. Changanning bosh idorasi Chunsin shahrida joylashgan.

O‘zbekistonda mazkur kompaniya gibrid dvigatelli va butunlay elektr kuchida ishlaydigan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishga urg‘u berish niyatida. 2025 yilga kelib barcha turdagi modeldagi (kichik metrajli avtomobillardan tortib kupe kuzovli oliy toifadagi avtomobillaragacha)21 modeldagi faqat elektr quvvati bilan ishlaydigan yangi elektrmobillar va 12 ta gibrid modellar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq