UzCard va UnionPay International o‘rtasida ikkitomonlama shartnoma imzolandi
08.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yagona umumrespublika protsessing markazi hamda UnionPay International o‘rtasida kobeydjing kartalar chiqarilishiga tegishli shartnoma imzolandi. Kelishuv markazimiz vakillarining Xitoy Respublikasiga tashrifi doirasida amalga oshirildi.

Uzcard va UnionPay International ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda ushbu kelishuvga tegishli barcha savollar muhokama qilinib, ikki to‘lov tizimlari ishtirokida muomalaga chiqariladigan kobeydjing kartalar mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, kelishuvninig asosiy maqsadlaridan biri kobeydjing kartalar ishlab chiqarilishiga a’zo bo‘lgan bankni aniqlash bo‘lib, unga ko‘ra, Aloqabank tomonidan UnionPay International xalqaro to‘lov tizimini qo‘llab-quvvatlovchi ilk kobeydjing kartalari chiqarilishi belgilab o‘tildi.

Bundan avval, O‘zbekiston hududida 1-iyuldan boshlab kobeydjing kartalari ishlab chiqarilishini e’lon qilgan edik. Ikki kompaniya o‘rtasida imzolangan kelishuvga binoan endilikda ikki to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi kobeydjing kartalari UzCard yagona to‘lov tizimida mamlakatimiz hududida ham xizmat ko‘rsatadi, ham uning tashqarisida UnionPay International to‘lov tizimi doirasida to‘lovlarni qabul qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, kompaniyamiz tomonidan UnionPay International bilan hamkorlik qilishda qo‘yilgan bir qator talablar bajarildi va kartalarni embossirovka qilish uchun mo‘ljallangan markaz perso uskunalar bilan to‘liqligicha jihozlandi. Bugungi kunga kelib, yuqorida sanab o‘tilgan kelishuv qatnashchilari ishtirokida test rejimida kobeydj kartalari chiqarila boshlandi. Jumladan, Ipak Yuli, QQB, Agrobank, OFB, Infinbank, Hamkorbank, NBU banklari ham ushbu jarayonga integratsiya qilish arafasida turibdi.

Bundan tashqari, Markazimiz mutaxassislari tomonidan barcha POS-terminallarning dasturiy ta’minotini qayta o‘rnatish yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda. Demak, yaqin kunlarda barcha POS-terminallar UnionPay International xalqaro kartalarini ham qabul qilishni boshlaydi.

Bugungi kunga kelib, UzCard plastik kartasini qabul qiluvchi barcha bankomatlar sertifikatsiyadan o‘tib, UnionPay kartalariga xizmat ko‘satishga tayyorlanmoqda. Eslatib o‘tamiz, bankomatlar 24/7 kun tartibida xizmat ko‘rsatadi. Ularga yopishtirilgan UnionPay maxsus logotipi orqali bankomatning ushbu xalqaro to‘lov tizimiga xizmat ko‘satishini aniqlashingiz mumkin.

Endilikda, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar bankomat orqali mahalliy valyutamizni yechib olishlari hamda POS-terminallar orqali UnionPay kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatidan foydalanishlari muhim qadamlar tashlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq