Uy dizayni va zamonaviy uskunalari uchun dastur yaratildi
08.06.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Turin politexnika universiteti mutaxassisi Xakimjanova Kamolaxon uy dizayni va zamonaviy uskunalar uchun «Aqlli uy» dasturini yaratdi.

Dastur uy sharoitida muayyan vazifalarni avtomatik ravishda bajarish uchun mo’ljallangan. Uning asosiy vazifasi uyning yoritish vositalarini avtomatik yoqish va o’chirish, shu bilan bir vaqtda quyoshning chiqishi va botishida bostirma yoki soyabonlarni avtomatik ochilishi va yopilishi hisoblanadi. Qo’shimcha vazifasi esa uy egalarining xavfsizligi hisoblanadi.

Dasturda, shuningdek, ogohlantiruv funksiyasi hisobga olingan bo’lib, osmon bulutli bo’lsa va/yoki yomg’ir yog’sa, sensor atrof qorong’i ekanini ko’rsatadi va ayni vaqtda soyabon ochilmaydi.

Ushbu dastur uchun Xakimjonova Kamolaxonga DGU 05171 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq