TATUda Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
08.06.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 7-iyun kuni TATUda “Obyekt ishchi-xizmatchilari hamda Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tabiiy va texnogen xususiyatli Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari, universitet fuqaro muhofazasi rahbariyati shtabi va tuzilmalari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirdan asosiy maqsad: universitetda mavjud bo‘lgan fuqaro muhofazasi tuzilmasi shayligini hamda ish faoliyatini tekshirib olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq