“O’zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori tayinlandi
08.06.2018
Rukn: Intervyu, Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yil 4-iyun kuni bo’lib o’tgan “O’zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida Evgeniy Vladimirovich Birgerni Jamiyat Bosh direktori lavozimiga tayinlash qarori tasdiqlandi.

Undan avval, 2018-yil 24-may kuni O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Azim Isroilovich Axmedxadjaev “O’zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori lavozimiga tayinlangan Evgeniy Vladimirovich Birgerni jamoaga tanishtirgan.

Jamoaga murojaat qilib, Vazir Evgeniy Birgerni pochtachilar oilasida tug’ilganini, pochta aloqasi sohasida eng nufuzli mutaxassislardan biri ekanligini ta’kidladi.

1982-yilda Moskvadagi aloqa elektrotexnika instituni bitirgan, iqtisod fanlari nomzodi va Rossiya Federasiyasining amaldagi III toifali davlat maslahatchisi bo’lganini ma’lum qildi.

1999-yilga qadar pochta sohasida rahbarlik lavozimlarda, shu jumladan “Posiltorg” birlashmasida ishlagan.

So’ngra, 5 yil davomida Rossiya Federasiyasi federal pochta aloqasining eng yuqori rahbarlaridan biri bo’lgan.

Pochta aloqasiga oid ko’plab me’yoriy-huquqiy hujjatlarning, shu jumladan ayni paytgacha sobiq ittifoq hududida pochta qonunchiligining asosi hisoblanib kelayotgan Rossiya Federasiyasining “Pochta aloqasi to’g’risida”gi federal qonunini ishlab chiqilishiga rahbarlik qilgan va muallifi bo’lgan.

Oxirgi yillarda hokimiyat organlari uchun tahlilchi va maslahatchi sifatida, shu jumladan me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish borasida faoliyat ko’rsatib kelgan.

Evgeniy Vladimirovich bir necha oylar mobaynida maslahatchi sifatida bizga ancha yordam berib kelayapti. Pochta sohasida muhim ijobiy o’zgarishlarni aks etgan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etayapti.

Evgeniy Vladimirovichning 2018-yil 22-may kuni bo’lib o’tgan #MITCROADMAP2018 anjumanidaqilgan ma’ruzasi ham ushbu masalalarni yoritishga bag’ishlangan edi. Anjuman qatnashchilari va O’zbekiston fuqarolariga jonli teleefir orqali pochta sohasiga boshqa biron bir idoralar bajara olmaydigan muhim davlat muammolarini bajarilishini ta’minlaydigan asos yaratuvchi instituti deya ta’rif berildi.

Bunday yondashuvning amalga oshirilishi natijasida yangi Pochtaning jamiyat va davlat hayotiga integratsiyasi tufayli barcha sohalarga uni kuchli va ko’pqirrali ta’sirini, nafaqat daromadlarni ko’paytirishda balki Pochta davlat byudjetining muhim donori bo’lishini ham kuzatish mumkin bo’ladi.

Konsepsiya tarkibida ayniqsa Pochtani raqamli ekotizimga aylantirish borasida mutlaqo innovatsion yondashuv o’rin olgan.

Rejalashtirilgan o’zgarishlar hayotimizning deyarli barcha sohasiga ta’sir ko’rsatishi tufayli ularni amalga oshirish keng doiradagi qonunchilikni qayta ko’rish bilan bog’liq jiddiy mehnatni talab qiladi.

Shularni hisobga olgan holda, o’zgarishlar konsepsiyasi muallifi Evgeniy Vladimirovichga shu jarayonga o’zi rahbarlik qilishini taklif etdik.

O’z nutqining yakunida Vazir O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga E.V.Birgerni lavozimga tayinlash tashabbusini qo’llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik izhor etdi.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri o’rinbosari Davron Anvarovich Ismailov Vazirlik va Milliy operator bir jamoa bo’lib ishlashini, pochta tizimini isloh qilish uchun boshqa davlatlar 10-15 yilga teng masofani bosib o’tganini, lekin biz uchun 80% o’zgarishlarni ko’pi bilan 5 yil ichida amalga oshirish vazifasi oldimizda turganini ta’kidladi.

O’zbekiston pochtachilariga murojaat qilib E.V.Birger shunday dedi: “Bu taklifni alohida tuyg’ular bilan qabul qilmoqdaman: bir tomondan, respublika pochta sohasi inqirozining jiddiyligini va shunga yarasha mas’uliyatni anglagan holda va boshqa tomondan, men va mening ko’plab pochtachi-hamkasblarim hayotimiz qismini bag’ishlagan rivojlanish konsepsiyasini qo’llab-quvvatlangani hamda eng yuqori pog’onalarda ishonch bildirilgani bilan bog’liq optimistik kayfiyat tufayli.”

Avvalo, jamiyat va davlat uchun pochta mohiyatini to’g’ri ko’rsata bilish o’ta muhimdir, chunki 1991 yildan beri pochtaning institutsional vazifasi bilan bog’liq tushuncha yo’qotildi va natijada pochta jamiyat va davlat hayotiga sust integratsiya qilingan edi. Bu barcha sobiq ittifoq davlatlarida umumiy holatga aylangan edi.

Bu borada Internet pochtaning muqobili yoki hatto uning dushmani degan noto’g’ri yondashuv katta ta’sir o’tkazdi. Aslida esa bu ikki umumjahon kommunikatsiya tarmoqlari bugungi kunda birlashish jarayoniga qadam qo’ygan bo’lib, yaqin kelajakda birlashgan global ko’p funksionalli kommunikatsiya tizimiga aylanadi. Bu o’zgarishlarga milliy pochtaninig hozirligini ko’rish va tegishli axborot infratuzilmasini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boshqa dolzarb masalalardan biri – bu milliy pochta xizmatining tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab olishdir. Butunjahon pochta konvensiyasida aks topgan davlat majburiyatlarini bajargan holda pochta normativlar asosida barcha aholi punktlarda ijtimoiy jihatdan qulay va tartibga keltirilgan davlat tariflariga muvofiq universal xizmatlarni ko’rsatishi lozim.

Ushbu sharoitlarda ko’rsatiladigan faoliyatni hech ham tijorat deb qabul qilib bo’lmaydi. Shu sabab pochta xizmati uchun aksiyadorlik jamiyati shakli maqbul emas. Prinsipial ravishda, bu dunyoning har qanday davlatiga oid. Bugungi kunda tijoratlashtirish bilan bog’liq umidlar asosida pochtani aksiyador tashkilotga aylantirgan ayrim g’arb davlatlarida pochtani saqlab qolish masalalari keskin muhokamada.

Lekin, huquqiy va ijtimoiy tizimlari jon boshiga yiliga yuzlab jo’natmalarni yuborilishini ta’minlaydigan farovon davlatlarda pochta holati deyarli mustahkam. Aksincha, yiliga jon boshiga birdan o’ttiztagacha jo’natmalar keladigan ayrim davlatlarda, masalan sobiq ittifoq hududidagi davlatlarda, pochtaning moliyaviy holati pochta oldida turgan vazifalarni to’laqonli bajara olmasligiga sabab bo’lmoqda.

Milliy pochta operatori qonunchilik tashabbusi subyekti bo’lmaganligiga qaramasdan bizga nafaqat pochta aloqasi, balki telekommunikatsiyalar, elektron hujjat ayirboshlash, davlat-xususiy sektor sherikligiga oid va boshqa yangi qonunchilikni ishlab chiqishda faol qatnashish kerak bo’ladi.

Oxirgi paytlarda yuqorida Vazir tomonidan qayd etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini tayyorlashda biz keskinlik bilan ish olib borayotganimiz bu jarayonni boshlab yuborishga ko’maklashishi kerak. Ushbu qarorda tezkor inqirozga qarshi, shu bilan birga pochta xodimlarining sharoitini yaxshilash bilan bog’liq chora-tadbirlar o’z aksini topgan.

Pochtachilar uchun loyiq ish sharoitlarini yaratib berish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Raqobatbardosh ish haqini to’lash darajasiga yetmasak, buyuk rejalarni amalga oshirishda hamkorsiz qolamiz. Eng muhimi pochta an’analari hanuz ardoqlab kelinmoqda va O’zbekiston pochtasi xodimlar sonini majburiy tarzda qisqartirgan bo’lsada, boshqa ko’plab sobiq ittifoq davlatlaridan farqli ravishda o’zining yuqori malakali mutaxassislari va faxriy pochtachilarini saqlab qolgan.

Pochtachilar hamisha alohida korporativ jamoa bo’lib kelgan. Buni boshqa kasblar vakillariga tushuntirish amri maholdir, lekin avvallari biz odamlar pochtada ishlaydi deb emas, ular pochta bilan hayotdirlar deb aytishimiz mumkin edi. Birgalikda pochtachi kasbining hurmatini qayta tiklashda hamda pochta xodimining ijtimoiy holatini ko’tarishda sizlar yordamingizni ayamaysizlar deb umid qilaman. Alohida e’tibor bebaho bilim va tajribaga ega soha faxriylari hamda nafaqaxo’rlariga beriladi. Uzoq muddat davomida biz ularga eng mas’uliyatli va ishonchli xodimlar sifatida tayanamiz, ishlab kelayatgan nafaqaxo’rlarga kerakli sharoitlarni yaratib beramiz, sohani tark etgan xodimlarni esa har qanday shart asosida, ya’ni to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi bo’ladimi, ishga taklif qilamiz. Bularni amalga oshirish ish haqi fondini ko’paytirish bilan bog’liq bo’ladi, ammo tez muddatda ro’y berilishi ta’minlanadi. Chunki murabbiylar institutini qayta uyg’onishini, yoshlarni o’rgatish, tajriba uzluksizligini va eng muhimi – pochta ishining korporativ ruhini saqlashda ularning roli beqiyos.

Oldimizda keng qamrovli ishlar turibdi va yengil yechimlar mavjud emas. Lekin natija ham o’ziga hos bo’ladi: davlat va jamiyat hozirgi kunda nafaqat foydalanmaydigan balki mavjudligini sezmayotgan muhim ma’muriy-huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy resursga ega bo’lishadi.

Bugun O’zbekistonda ushbu natijalarni qo’lga kiritish uchun yaxshi sharoitlar bor: davlat rahbariyati keng rivojlanishni maqsad qilib qo’ygan, faollikni va befarq emasligini namoyish etayotgan aholi hamda boshqa tarmoqlarga qaraganda Vazir tomonidan pochtani ko’proq o’z diqqat markazida tutmoqda.

Men nimalarni amalga oshirishni bilaman, va asosli ravishda O’zbekistonning yangi Pochtasi nafaqat rivojlangan infratuzilmaga aylanishiga balki davlatning institutsional rivojiga o’z hissasini qo’shishiga umid qilaman.”

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq