Milliy “UZ” domenida — 59 000 domen
08.06.2018
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Bugungi kunga kelib, Milliy “UZ” domenida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 59 200 dan oshgan (yil boshiga nisbatan o‘sish darajasi 14%) bo‘lib, eng yaxshi ro‘yxatga olish davri – 2017 yilning dekabr oyida (51 870) qayd etilgan (1-rasm). Bugungi kun holatiga ko‘ra, Yagona integrator UZINFOCOM tomonidan 12 799 ta yangi domenlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
1-rasm. Yil oylari kesimida ro’yxatdan o’tgan domenlar soni statistikasi
Mamlakatimizda veb resurslar soni ortib borgani bilan bir qatorda, ularga bo‘lgan qiziqish, ya’ni veb sahifalarga tashrif buyuruvchilar soni ham o‘smoqda. Bugungi kunda WWW.UZ milliy axborot-qidiruv tizimida 12 196 ta resurs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, yil boshidan buyon katalogdagi resurslarga tashrif buyuruvchilar soni 36 mln.dan ortiqni tashkil etdi. Katalogdagi resurslarning umumiy sahifalari soni 47 mln.dan ortiq yaqinlashdi (2-rasm).
2-rasm. WWW.UZ loyihasining katalogida ro’yxatdan o’tgan saytlar va sahifalarga tashriflar soni
Eslatib o’tamiz!
Yosh dasturchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Milliy “UZ” domeni loyihasi doirasida barcha xohlovchilar uchun mutlaqo bepul uchinchi darajali name.for.uz turdagi domen nomini olish imkoni yaratilgan.