Qishloq xo’jaligi zararkunandalari holatini o’rganishning avtomatlashtirilgan tizimi
07.06.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Respublikamiz olimlari tomonidan qishloq xo’jaligida uchraydigan zararkunandalar ko’p yillar mobaynida o’rganilib kelinmoqda. Qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunandalari, qishloq xo’jaligidagi zararli organizmlar, xususan, o’simlik qurtlarining rivojlanish jarayonini avtomatlashtirilgan bashoratlash va shunga muvofiq holda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)dan foydalanib, ularga qarshi biologik kurashish usullarini ishlab chiqish masalasi hozirgi vaqtgacha nafaqat O’zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham yetarli darajada tadqiq qilinmagan.

Manbalardan ma’lumki, hоzirgi davrda, dunyo miqyosida paxtachilik ko’pgina mamlakatlar qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lib hisoblanadi. Har yili jahon bo’yicha millionlab gektar yerlarga chigit ekiladi va bir necha o’n millionlab tonna paxta tolasi yetishtiriladi. Hududlar iqlimiga mos holda g’o’zaning kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yara­tish bilan birga, uning asosiy zararkunandalari holatini bashorat qilish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish — g’o’zani kasallik va zararkunandalar bilan zararla­nishining ol­dini olish hisobiga, uning hosildorligini oshirish imkoniyatini yaratadi.

O’zbekistonning o’ziga xos tabiiy iqlim sharoitlari, shuningdek, o’simliklarni o’sish davridagi havo haroratining qulayligi ko’plab zararkunanda hasharotlarning rivojlanishiga yaxshi imkoniyat yara­tadi. Shu sababli qishloq xo’jalik ekinlaridan minglab hasharotlar, kanalar, kasalliklar rivojlanib, hosil miqdoriga ham­da sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham qishloq xo’ja­ligi ekinlarining hosildorligini oshirishga, hosilni nobud qilmay, saqlashga qaratilgan ekologik xavfsiz, kimyoviy va biologik vositalardan foydalangan holda, ishonchli himoya zarur bo’lib hisob­lanadi. Ke­yingi yillarda Respublikamizda g’o’zani kasallik va zararkunandalardan himoya qillish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshi­rildi. Natijada g’o’zaning asosiy zararkunandalariga qarshi kurashishning uyg’unlashgan usullari ishlab chiqildi. Shu bilan birga, g’o’za zarakunandalarini hududlar bo’yicha o’rganish, tarqa­lish darajasining bashorati, ularga qarshi kurash va nazorat qillish borasidagi ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratila boshlandi.

Mamlakatimizda o’simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qillish choralarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha muhim vazifalar belgilab olindi. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, prognozlash va ularni nazorat qi­lishning avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash qishloq xo’jaligi sohasi amalyotida muhim ahamyat kasb etadi. Dunyo miqyosida g’o’za va uning asosiy zararkunandalari rivojlanish fazalarini prognozlash tizimini qo’llab, g’o’za va uning asosiy zararkunandasi — g’o’za tunlami rivojlanishi va tarqalishining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqishda zarur bo’ladigan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning konseptual asoslarini ishlab chiqish dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.

Mazkur masala yechimlarini topishda «Qishloq xo’jaligi o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 21-mart «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1730 Qarori va 2015-yil 29-dekabrdagi «2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2460-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dasturi» va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayanilishi zarur.

Respublikamiz sharoitida g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi zararkunandalardan — g’o’za tunlamining paydo bo’lishi, rivojla­nishi, tarqalishini bashoratlash va avtomatlashtirigan monitoring tizimini yaratish, uning asosida himoya tadbirlari rejalarini ishlab chiqish zarur bo’lib hisoblanadi. Shu sababli olimlar tomonidan o’simliklarni himoya qillish sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning holati, g’o’za va uni zararli organizmlardan himoyalash masalalari hamda qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qillishda axborot texnologiyalarini qo’llash imkoniyatlari, bu borada o’tkazilgan tadqiqotlar o’rganib chiqilmoqda. Muammolar aniqlanmoqda. G’o’za va uning asosiy zararkunandalari rivojlanishi va tarqalishining axborot tizimi ma’lu­motlarni to’plash, saqlash va qayta ishlash texnologiyasining konseptual asoslari, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunanda va kasalliklari rivojlanishi ekologik monitoringi va bashoratlash yo’llari hamda usullari, monitoring tizimi axborot ta’minotini, shuningdek, g’o’zaning asosiy zarakunandalari rivojlanishini bashoratlash modellari ko’rib chiqilmoqda.

Zararli organizmlar bo’yicha ma’lumotlar bazasi asosini tashkil etuvchi agroiqlim ma’lumotlari umumiy zararli organizmlar va madaniy ekinlarning o’zaro munosabatlarida vujudga keluvchi ekologik holatni baholash uchun zarur bo’lib hisoblanadi. Agroiqlim omillarining holati bo’yicha zararli turlarning fenologiyasini hisoblash va ayrim mavsumlarda chidamliligini baholashni amalga oshirish mumkin. Bularning barchasi zararli organizmlar populyatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va kuzatish tizimini tartiblashtirish va osonlashtirish imkonini beradi. Shu sababdan axborot tizimini ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib hi­soblanadi.

Xulosa qilib aytganda, paxta yetishtirishda, chigit ekilishi, o’stirilishi va uning zararkunandalariga qarshi takomillashtirilgan biologik kurash olib borishda AKT’dan foydalanib, uning asosiy zararkunandalari, ularning rivojlanishi va tarqalishining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratishda zarur bo’lgan ma’lu­motlarni saqlash, qayta ishlashning konseptual asoslari ishlab chiqilishi qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalari rivojlanishi ekologik monitoringi, prognozlashtirilish yo’llari hamda usullari­ning takomillashtirilishiga yordam beradi. Qishloq xo’jaligi sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish qishloq xo’jaligi ekinlari, xususan, g’o’za hosildorligini oshirishga, paxta yetishtirish xarajatlarini kamaytirish, zararkunanda va kasalliklar keltiradigan zarar miqdorining qisqartirilishida samarali omil bo’ladi.

Adabiyotlar:

  1. Hasanov B. O., Hamrayev A. Sh., Eshmatov O. T. va boshqa­lar. G’o’zani zararkunanda kasallik va begona o’tlardan himoya qilish. — Toshkent: «Universitet», 2002, — 379 b.
  2. Kimsanboyev X. X. va boshqalar . G’o’za bitlari. Ko’rgazmali uslubiy qo’llanma. — T. 2005-yil.
  3. www.ziyonet.uz

Muallif: M. Sagdullayeva, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU magistranti

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq